Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti AQSh biznesining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti AQSh biznesining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrifi doirasida 18 sentyabr kuni Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda “GE HealthCare”, “Oppenheimer”, “Cerberus”, “CNH” va “Cintana” korporasiyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston yetakchisi uchrashuv ishtirokchilarini Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi tashkil etilganining 30 yilligi bilan tabriklab, ushbu tuzilma ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni kengaytirishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi.

Joriy yil 15 sentyabr kuni Vashington shahrida AQShning 250 dan ortiq kompaniya va banklari vakillari ishtirokida o‘tgan qo‘shma biznes forumining samarali yakunlari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Palata raisi Kerolin Lemm davlatimiz rahbariga Amerika biznesining mamlakatimizga qiziqishi va ishonchi oshishiga xizmat qilayotgan ortga qaytmas islohotlar dasturini amalga oshirishdagi siyosiy yetakchiligi uchun minnatdorlik bildirdi. Keyingi bir necha yilda palata tarkibiga AQShning yirik kompaniyalari kirgani, ularning umumiy soni 50 taga yetgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda AQSh biznesining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish borasidagi aniq rejalari muhokama qilindi.

Kiritildi: 06:44 19.09.2023. O'qildi: 1281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!