Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston Ozarbayjonda anor plantasiyasini tashkil etishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Ozarbayjonda anor plantasiyasini tashkil etishni rejalashtirmoqda

Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi Kazinform agentligi O‘zAga tayanib.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi delegasiyasi Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vaziri Mejnun Mammadov bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida Toshkent viloyatida ozarbayjon funduq navlarini ekish, Ozarbayjonning Fizuliy tumanida anor va boshqa meva bog‘larini barpo etish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish agentligi faoliyati o‘rganilib, hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Kiritildi: 11:45 24.04.2024. O'qildi: 463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!