Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston oltin sotishda birinchi: asosiy xaridor qaysi davlat?

O‘zbekiston oltin sotishda birinchi: asosiy xaridor qaysi davlat?

2019 yilning birinchi choragida O‘zbekiston dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi. Bu haqda World Gold Council (Oltin bo‘yicha jahon kengashi) hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi Minbar .

Jahon oltin bozorida joriy yilning birinchi choragida 11 tonna 300 kilo oltin sotildi. Bu anchadan beri kuzatilmagan yuqori sotish darajasidir va buning asosiy sababchisi uchta mamlakatning (O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston va Tojikiston) markaziy banklaridir , deyiladi hisobotda.

Hisobotda aytilishcha, O‘zbekiston yanvar oyidan mart oyigacha 6,2 tonna oltin sotgan. Bu ikkinchi o‘rinda kelayotgan Mo‘g‘ulistondan deyarli ikki barobar (3,4 tonna) ko‘p. Uchinchi o‘rinni Tojikiston (1 tonna) egalladi.

Jahonda eng ko‘p oltinni (55,3 tonna) sotib olgan davlat esa Rossiya bo‘ldi. Rossiya to‘rt yildirki oltinning eng katta xaridori bo‘lib kelmoqda. Bu uning AQSh g‘aznasining qimmatli qog‘ozlaridan voz kechish va iqtisodiyotini dollardan xoli qilish harakatining bir qismidir.

Eng ko‘p oltin sotib olganlarning ikkinchisi Turkiya (40 tonna), uchinchisi Xitoydir (33 tonna).

O‘zbek oltinining asosiy xaridori Shveysariyadir.

Kiritildi: 15:27 06.05.2019. O'qildi: 4004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!