Bugun Toshkent shahridagi Olimpiya Shon-shuhrat muzeyida XXXIII yozgi Olimpiada o‘yinlari oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda Parijga olib ketiladigan muxlislar haqida ham gapirildi.
Adham Ikramov (Sport vaziri):
"Muxlislar sonini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq oldik. Bizga 80 ta chipta berilgan. Oybek Amilovich bu sonni 200 taga ko‘paytirib berdi. Muxlislar 3 ta yo‘nalish bo‘yicha olib ketiladi. Musobaqalardan bo‘sh qolgan sportchildar ham muxlislar bilan birga bo‘ladi. Bundan tashqari, Investisiya vazirligi va Fransiya elchixonasi orqali muxlislarimiz sonini ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda. O‘ziga to‘q, boy muxlislarimiz ham o‘zlari borib muxlislik qilishi mumkin".
Shuningdek, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov muxlislar ro‘yxati shakllantirilgani, ular 400 nafarga yaqin ekani va muxlislar orasida futbol akademiyalari o‘quvchilari ham borligini aytib o‘tdi. MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov esa Parijga olib ketiladigan muxlislarning barcha xarajatlari hukumat tomonidan qoplab berilishini ta’kidladi.