Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

"O‘zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyushmasi bog‘boni ish joyida o‘z joniga qasd qildi

"O‘zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyushmasi bog‘boni ish joyida o‘z joniga qasd qildi

16 yanvar kuni "O‘zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyushmasi xodimi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov "aniq.uz"ga xabar berdi.

Unga ko‘ra, nashriyot-matbaa ijodiy uyi xo‘jalik bo‘limida bog‘bon bo‘lib ishlovchi 1985 yilda tug‘ilgan B. M. ishxonasining yerto‘lasidagi kiyinish xonasida o‘zini osgan. O‘lim yuzasidan berilgan dastlabki tibbiy ma’lumotga ko‘ra, o‘lim bo‘yin a’zolari sirtmoq bilan siqilishi natijasida mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi, bo‘yin sohasida strangulyasion egat mavjudligi aniqlangan.

Hozirda B.M.ning o‘z joniga qasd qilganligi sabablari va boshqa holatlarni aniqlash uchun sudga oid psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.

Ushbu holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 18:21 19.02.2024. O'qildi: 1413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!