Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston musulmonlar idorasi turfirma ochdi

A A A
O‘zbekiston musulmonlar idorasi turfirma ochdi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi o‘z turfirma ta’sis etdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

“O‘zbekiston Musulmonlar idorasi huzuridagi “Muslim-tour” nomli turistik firmaning faoliyati mahalliy va xorijiy fuqarlarni mamlakat ichidagi va tashqarisidagi muqaddas joylarga tashriflarini uyushtirish, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish va musulmon dunyosida O‘zbekiston obro‘sini oshirishga qaratilgan”, — deyilgan xabarda.

Davlat Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan “Muslim-tour” turistik agentligiga ichki va tashqi turistik faoliyat bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi lisenziya berilgan.

Kiritildi: 12:20 04.07.2018. O'qildi: 2014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik