Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Moskvadagi ko‘rgazma majmuasidan pavilyon ijaraga oldi

O‘zbekiston Moskvadagi ko‘rgazma majmuasidan pavilyon ijaraga oldi

O‘zbekiston ko‘rgazma-madaniy markaz tashkil etish uchun Moskvadagi «Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi» majmuasi hududidan pavilyon ijaraga oldi.

Toshkent hokimligi va  Moskva meriyasi O‘zbekiston ko‘rgazma-madaniy markazini tashkil etish uchun Rossiya poytaxtidagi «Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi» majmuasi hududidagi pavilyonni ijaraga olish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

Mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda pavilyonda tashqi va ichki qismlarni ta’mirlash-restavrasiya qilish ishlari olib borilmoqda, ular yakunlari bo‘yicha u O‘zbekistonga tantanali ravishda topshiriladi.

May oyi oxirida Urganchda O‘zbekiston va  Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya yig‘ilishida «Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi» hududida respublika madaniy-ko‘rgazma markazini tashkil etish to‘g‘risidagi ikki tomonlama muzokaralar uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiluvchi hukumatlararo bitim imzolangan edi.

Manba: gazeta. uz

Kiritildi: 21:45 25.06.2019. O'qildi: 1397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!