Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov 2400 km masofani mashinada bosib o‘tdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov 2400 km masofani mashinada bosib o‘tdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov Xuzistonidan Turkiyaning Anqara shahrigacha bo‘lgan 2400 kilometr masofani mashinada bosib o‘tdi.

Bunday noodatiy safarga Eron ustidagi havo hududining vaqtincha yopilishi sabab bo‘lgan. Yusupov barcha qiyinchiliklarga qaramay, terma jamoa uchun eng muhim o‘yinni o‘tkazib yubormaslikka qaror qilgan va quruqlik orqali eng tezkor yo‘lni tanlagan. Shundan so‘ng u Anqaradan Istanbulga uchgan va Toshkentga aynan shu shahardan parvozni amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli darvozabon Eronning “Fulad” klubida 2024 yilning iyul oyidan buyon to‘p surmoqda. Bu vaqt ichida u 7 uchrashuvda maydonga tushib, darvozani ishonchli qo‘riqlamoqda. Darvozabon 4 ta gol o‘tkazib yubordi va 4 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Eron uchrashuvi bugun, 10 oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:10 10.10.2024. O'qildi: 1394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!