Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston milliy taomlari Britaniyada o‘tkazilgan xalqaro gastronomik tanlovda birinchi o‘rinni egalladi

A A A
O‘zbekiston milliy taomlari Britaniyada o‘tkazilgan xalqaro gastronomik tanlovda birinchi o‘rinni egalladi

Buyuk Britaniya poytaxtida "British Street Food Awards" (Britaniya ko‘cha gastronomik mukofotlari — "BSFA") tanlovi bo‘lib o‘tdi.

"Dunyo" AAning xabar berishicha, mazkur tanlovda o‘zbek oshxonasi 2000 dan ortiq ishtirokchi orasida mutlaq g‘olib deb topildi.

"BSFA" tanlovida Londonda faoliyat yuritayotgan "Oshpaz" o‘zbek milliy taomlari brendi jamoasi yurtimiz sharafini himoya qildi. Ular tomonidan tayyorlangan milliy taomlarimiz va namoyish etilgan o‘zbek milliy oshxonasining boy an’analari hakamlar hamda tomoshabinlar qalbini zabt etdi. O‘zbek milliy taomlari tayyorlanish usullari, betakror ta’mi va ajoyib ko‘rinishi bilan tanlov g‘olibiga aylandi.

Ko‘cha taomlari shunchaki olib ketish uchun tayyorlangan ovqat emas. Ularda madaniyat, tarix va an’analar mujassam bo‘lib, turli millatlar va avlodlarni birlashtiradigan muhim vosita hisoblanadi. "Oshpaz" brendining ushbu g‘alabasi jamoaga joriy yil oktyabr oyida Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa ko‘cha gastronomik tanlovining finalida qatnashish imkoniyati taqdim etdi. Bu esa o‘zbek oshxonasini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.

Kiritildi: 08:58 09.05.2025. O'qildi: 1284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!