Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi: «BAAni mag‘lub etishga majburmiz»

A A A
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi: «BAAni mag‘lub etishga majburmiz»

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov Eronga qarshi o‘yin va bo‘lajak raqiblar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘yin yaxshi o‘tdi, muhimi birinchi o‘rinda qoldi. To‘g‘ri, g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi, ammo ochko yo‘qotganimiz bilan guruhdagi asosiy raqibimizdan 1 ochko oldik. Natijada xafamiz deya olmayman, ammo xursand ham emasmiz. Keyingi o‘yinni diskvalifikasiya sabab aniq o‘tkazib yuboraman. Jarohat bunga sabab emas. Bosh murabbiy yo‘qligi albatta ta’sir qiladi. Murabbiyimiz yo‘qligini bildirmaslikka harakat qildik. Raqibga hurmatni saqlagan holda aytamanki, BAAni mag‘lub etishga majburmiz», - dedi Ashurmatov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston - BAA uchrashuvi 15 oktyabr kuni 19:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 22:11 11.10.2024. O'qildi: 1062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!