Bugun, 12-iyul kuni soat 14:45 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shox ko‘chasida joylashgan “O‘zbekiston” mehmonxonasining 10-qavatida yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga qutqaruvchilar soat 14:49 da yetib borib, yong‘in soat 14:54 da o‘chirilgan.
Mehmonxonaning 10-qavatidagi ishchi xizmatchilar xonasi yonib zararlangani aniqlangan. Tan jarohati olganlar fuqarolar yo‘qligi aytilgan.