Bugun 8 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston mahsulotlari O‘mon bozorida sotilmoqda

O‘zbekiston mahsulotlari O‘mon bozorida sotilmoqda

O‘mondagi elchixonamiz tashabbusi bilan mahalliy bozorga yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kirib bordi.

Joriy yil 15 may kuni O‘zbekistonning “MilMax Group” shirkati va Sultonlikda 30 dan ortiq supermarketga ega “Lulu Group International” shirkatining O‘mon bo‘yicha hududiy boshqarmasi rahbariyati bilan savdo kelishuviga erishilgan edi. Dastlab 26 iyunda 2 tonna serquyosh o‘zbek zaminida pishib yetilgan xushta’m meva – gilos, shaftoli va o‘rik Masqatdagi “Lulu” supermarketlariga yetkazilib, sotuv yo‘lga qo‘yildi.

Ta’kidlash joiz, xalqaro standartga monand g‘iloflangan ushbu mahsulotlarni yetishtirgan davlat haqida QR-kod orqali ma’lumot olish mumkin.

Xorijiy hamkor tomon ma’lum qilishicha, mahsulotning tashqi ko‘rinishi va mazasi a’lo darajada. Shu bois shirkat O‘zbekiston bilan hamkorlikdan mamnun ekanini, samarali sheriklikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Kiritildi: 11:05 01.07.2024. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!