Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston korrupsiyani qabul qilish indeksida yana pasaydi

O‘zbekiston korrupsiyani qabul qilish indeksida yana pasaydi

Transparency International tomonidan e’lon qilingan 2025 yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 31 ball to‘plab, 124-o‘rinni egalladi (2024 yilga nisbatan -1 ball, o‘rin bo‘yicha -3). Bu ikkinchi yil qatorasida pasayishdir.

Shu ball bilan O‘zbekiston reytingda Belarus, Jibuti, Mo‘g‘uliston va Turkiya bilan bir qatorda. Postsovet hududida eng yaxshi ko‘rsatkich Estoniya (13-o‘rin), eng past Turkmaniston (167-o‘rin).

Daniya, Finlandiya va Singapur esa reytingni boshqarib turibdi (https://t.me/the_bakiroo/11959).

Korrupsiyani qabul qilish indeksi O‘zbekiston rasmiylari uchun muhim sanaladi va u eng muhim 15 reyting ko‘rsatkichidan biri hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 17:28. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!