Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Kobuldagi teraktni qat’iy qoraladi

O‘zbekiston Kobuldagi teraktni qat’iy qoraladi

Xabaringiz bor, Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida terroristik xurujlar sodir bo‘lmoqda. Ushbu holatga xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar o‘z munosabatini bildirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda ro‘y bergan so‘nggi voqealar bo‘yicha bayonot berdi.

«O‘zbekiston Kobul shahrida sodir etilgan va ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan terroristik xurujlarni qat’iyan qoralaydi.

Afg‘onistondagi barcha tomonlarni milliy yarashuv va kelishuvga erishish, ko‘p millatli Afg‘oniston xalqi manfaatlari yo‘lida mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida bosiqlik va konstruktiv yondashuv namoyon etishga chorlaymiz.

Ushbu shafqatsiz hujumlarda qurbon bo‘lganlar va jabr ko‘rganlarning oilalariga samimiy hamdardlik izhor etamiz.

O‘zbekiston bundan keyin ham afg‘onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, Afg‘onistonda tinchlik-osoyishtalik va farovonlikka erishishda keng ko‘lamli yordam ko‘rsatishda davom etadi», deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 21:57 27.08.2021. O'qildi: 2485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!