Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi "O‘zbekkino" atrofidagi mojaroga moratoriy e’lon qilishni taklif etdi

A A A
O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi "O‘zbekkino" atrofidagi mojaroga moratoriy e’lon qilishni taklif etdi

"O‘zbekkino" MA atrofida bo‘layotgan ommaviy axborot vositalaridagi muhokamalarga O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi moratoriy e’lon qilishni taklif qiladi.

So‘nggi kunlarda bir guruh kinochilarning "O‘zbekkino" MA rahbariga nisbatan Bosh vazirga yo‘llagan shikoyat xati  ijtimoiy tarmoqlarda keskin bahs-munozaralarga sabab  bo‘ldi va bu jarayon davom etmoqda. Ko‘plab Uyushma a’zolari ijodkorlarning manfaatlarini himoya qilish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasiga murojaat qilishdi. Uyushma Boshqaruvi mazkur masala bo‘yicha muhokamada qatnashayotgan jamoatchilikni bosiqlikka chaqiradi. Yurtimizda va  butun dunyodagi pandemiya sabab karantin holati bo‘lganligi uchun mavzuga moratoriy (vaqtincha cheklash) e’lon qilishni taklif qiladi. Karantin cheklovi to‘xtatilganidan keyin  nafaqat shikoyat xati, balki o‘zbek kinosidagi muammolar yuzasidan Uyushmaning umumiy konferensiyasi chaqiriladi.

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi yana shuni ma’lum qiladiki, O‘zbekkino MA rahbari faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga qilingan  shikoyat arznomasiga xulosa bildirilguniga qadar hamda Agentlik rahbarining mavjud holat bo‘yicha bayonoti berilgunicha, shuningdek, ayni paytdagi karantin vaziyatini inobatga olgan holda barchadan odob-ahloq me’yorlariga amal qilishni so‘raydi. Uyushma shikoyat xatiga imzo chekkan 109 nafar kinoijodkorning ixtiyorini belgilamaydi va o‘z a’zolari manfaatini doimiy ravishda himoya qiladi. Ayrim kimsalardan "andishaning otini qo‘rqoq qo‘ymasliklarini" so‘rardik.

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi

Kiritildi: 16:39 20.04.2020. O'qildi: 3358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!