Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev KazanForumda ma’lum qildi. Xususan:
▪️30 dan ortiq davlat xizmatlarini o‘z ichiga olgan YE-government - yagona milliy platforma ishga tushirilgan.
▪️Sun’iy intellektni rivojlantirish milliy markazi tashkil etilgan va u sog‘liqni saqlash, ta’lim va sanoat sohasida amaliy muammolar ustida muvaffaqiyatli ishlamoqda.
▪️Toshkentda “Raqamli vodiy” texnologik parki ishga tushirilgan. Uning tarkibida bugun 200dan ortiq kompaniyalar jalb qilingan, jumladan xalqaro IT-kompaniyalar ham.
▪️Agrosanoat “aqlli qishloq xo‘jaligi” elementlari joriy etilgan. Sputnik suratlari va IT-texnologiyalar yordamida suv resurslari monitoring qilinmoqda.
▪️Raqamli moliya texnologiyalari ildam joriy etilmoqda. 2024 yilda chakana savdoda naqdsiz hisob-kitoblar ulushi 78%ga yetdi.
▪️2024 yil yakunlariga ko‘ra, IT xizmatlar eksporti salkam $1 mlrd.ni tashkil qildi