Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston ikki oyda 1 mlrd dollarlik oltin sotdi

O‘zbekiston ikki oyda 1 mlrd dollarlik oltin sotdi

2020 yil yanvar—fevral oylarida O‘zbekiston 1,005 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasida tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda so‘z boradi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, oltin eksporti 2019 yil yanvar—fevral oylariga nisbatan 1,7 foiz o‘sishni tashkil etmoqda. 2020 yil yanvar fevral oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 38,2 foizga teng bo‘lgan.

Ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

Kiritildi: 20:03 21.03.2020. O'qildi: 1930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!