“Uzbekistan Airways aviakompaniyasining hurmatli yo‘lovchilari!
Ayni paytda bizga aviachiptalarni topshirish va qayta bronlash masalasida ko‘plab murojaatlar va so‘rovlar kelib tushmoqda. Bizning xodimlarimiz ularning barchasini tezda hal qilish uchun qo‘llaridan kelganicha harakat qilishmoqda.
Bekor qilingan qatnovlarga bo‘lgan chiptalarni topshirish yoki cheklovlar bekor qilinganidan keyin amalga oshiriladigan aviakompaniyamizning qatnovlariga qaytadan bron qilishni istagan barcha yo‘lovchilar buni jarimalar va sanksiyalarsiz amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Sizning tushunishingizga umid qilamiz va xotirjam bo‘lishingizni so‘raymiz.
Joriy o‘zgarishlar va yangiliklar haqidagi barcha ma’lumotlarni bizning uzairways.com saytimizda hamda ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishingiz mumkin:
Telegram — https://t.me/uzbekistanairways
Instagram — www.instagram.com/uzairways/
Facebook — https://www.facebook.com/uzairways.official/” – deyiladi unda.