Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston haqidagi maxsus video

A A A
O‘zbekiston haqidagi maxsus video

Joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva va Boysun shaharlarida Xalqaro aeronavtika assosiasiyasi delegasiyasi vakillari ishtirokida  aerostatlar parvozlari amalga oshirilgan edi.

Xalqaro aeronavtika federasiyasi O‘zbekistonga safari chog‘ida tasvirga olingan videolar asosida qiziqarli rolik tayyorlab, uni o‘zbekistonliklar e’tiboriga havola qildi. Videorolik Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi saytida namoyish etildi.

KUN.UZ muxbiri shveysariyalik Piter va Regina Blazerlar bilan bog‘langanida ular KUN.UZ o‘quvchilari va O‘zbekiston ahliga o‘zlarining samimiy tabriklarini yetkazishdi:

"45 yil ilgari biz kichik bir avtomobilda Shveysariyadan Afg‘onistonga sayohat qilganmiz, o‘shandan buyon O‘zbekistonga borish haqida orzu qilardik. Bugunga kelib bizning orzularimiz amalga oshdi va biz bundan behad xursandmiz. O‘zbekistonda bo‘lganimizda bu go‘zal yurtning odamlarini ko‘rib, ularning dunyodagi eng mehmondo‘st xalq ekaniga ishonch hosil qildik. Kelgusida bu mamlakatga yana borish istagidamiz, albatta. Fursatdan foydalanib, KUN.UZ o‘quvchilari va butun o‘zbek xalqini qutlug‘ Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etamiz hamda ularga dunyodagi eng ezgu tilaklarni tilab qolamiz".

Kiritildi: 20:24 31.08.2018. O'qildi: 1846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik