Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Germaniya fuqarolari uchun vizasiz tartibni joriy etdi

O‘zbekiston Germaniya fuqarolari uchun vizasiz tartibni joriy etdi

O‘zbekistonda 2019 yil 15 yanvardan Germaniya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mitaga ko‘ra, vizasiz tartib joriy etilishiga Germaniya fuqarolari tomonidan O‘zbekistonga kirish elektron vizalaridan foydalanish ko‘rsatkichining yuqoriligi sabab bo‘ldi. 2018 yil 28 dekabr holatiga ularni 1 089 kishi rasmiylashtirgan. Bu bilan Germaniya fuqarolari mazkur dasturdan foydalangan davlatlar ro‘yxatida 10-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yil davomida O‘zbekistonga Germaniyadan 18 ming kishi kelgan bo‘lib, bu 2017 yilga nisbatan 2,5 baravar ko‘p.

Kiritildi: 10:26 04.01.2019. O'qildi: 1559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!