Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston fuqarosining jasadi 6 oydan beri muzlatkichda yotibdi – Qrimdagi manba

O‘zbekiston fuqarosining jasadi 6 oydan beri muzlatkichda yotibdi – Qrimdagi manba

Qrimda xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi olti oydan beri muzlatgichda yotibdi, deb xabar beradi “AN-Krim”. Bu haqda Central Asia yozmoqda.

Ayni vaqtda jinoyat ishi hali dastlabki tergov bosqichida. Advokatlar ekspertiza bilan tanishadilar.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston fuqarosi A. R. joriy yilning 11 may kuni Simferopolda hibsga olinishi vaqtida otib o‘ldirilgandi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u qarshilik ko‘rsatgan va xavfsizlik xodimlari o‘t ochishga majbur bo‘lgan. Keyinroq marhumning turmush o‘rtog‘i S. B. vataniga chiqarib yuborish uchun xorijlik fuqarolarni vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. U hamon markazda – Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiyaga uni O‘zbekistonga ekstradisiya qilmaslikni tavsiya qildi. Ayol aybsiz bo‘lsa-da, O‘zbekistonda sudlanishi mumkin, deya ta’kidlagan Yevropa sudi.

Marhumning rafiqasi va advokatlarining jasadni dafn qilish uchun topshirish haqidagi takroriy iltimoslari tergov harakatlari zarurati tufayli rad etildi, deb yozadi "Krimskaya solidarnost" guruhi.

A.R.ga nisbatan “Hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayoli sudda marhum erini oqlashga harakat qilmoqchi.

Kiritildi: 17:10 15.12.2021. O'qildi: 5433 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!