Moskvaning Satino-Russkoye qishlog‘ida pensioner ayolning 300 ming dollar pulini o‘g‘irlab ketilgan. Ayol pullarini karton qutida saqlagan. Bu haqda RIA Novosti huquqni muhofaza qilish organlariga tayanib xabar berdi.
“Noma’lum shaxs 1953 yil tug‘ilgan pensioner ayolning 300 ming dollarini o‘g‘irlab ketgan. Pullar uchinchi qavatdagi qo‘shimcha xonada, karton qutida saqlangan”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, o‘g‘irlikda shu uyda 10 yildan beri turli yumushlarni bajarib yurgan O‘zbekiston fuqarosi gumon qilinyapti.
Gumonlanuvchi hozir Rossiya hududida emasligi va unga nisbatan juda katta miqdordagi o‘g‘irlik uchun jinoiy ish ochilgani xabar qilinyapti.
Manba: qalampir.uz