Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston diplomatlari Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdilar

O‘zbekiston diplomatlari Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdilar

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida asosiy e’tibor talabalarning xavfsizligini ta’minlash, universitet va Isroilning tegishli idoralari ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish kabi muhim jihatlarga qaratildi.

Uchrashuv yakunida universitet rahbariyati va elchixona bilan birgalikda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda tezkor choralar ko‘rish, shuningdek, O‘zbekistonga qaytish istagini bildirgan talabalarga amaliy yordam ko‘rsatish tartiblari kelishib olindi.

Kiritildi: 11:38 17.04.2024. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!