O‘zbekiston Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston milliy simfonik, kamer va xalq cholg‘u orkestrlari jamoalari birlashmasi hamda «Turkiston» san’at saroyi bazasida Madaniyat vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Davlat filarmoniyasi tashkil etilmoqda. Bu haqda Norma.uz xabar qildi.
Prezidentning 27 iyundagi qarori asosida tashkil etilgan filarmoniyaga mamlakatda musiqa va raqs san’atini rivojlantirish vazifasi yuklatildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi akademik va xalq badiiy jamoalari birlashmalari direksiyalari bazasida filarmoniyaning hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.
Quyidagilar filarmoniyaning asosiy vazifalari sifatida belgilandi:
Davlat filarmoniyasi Toshkent shahri Navoiy ko‘chasi 2-uy binosiga joylashtiriladi.