Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha 87 ta eng ilg‘or tajribaga ega davlatlar qatoridan o‘rin oldi

A A A
O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha 87 ta eng ilg‘or tajribaga ega davlatlar qatoridan o‘rin oldi

🏢Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika bo‘limining rasmiy veb-sahifasida Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha ilg‘or tajribalarga ega davlatlarning ushbu sohada

🇺🇿O‘zbekiston Respulikasi 2022 yil yakuniga ko‘ra, 87 ta eng ilg‘or tajribalarga ega davlatlar qatoridan joy oldi.

🏢 BMT saytida mamalakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni kuzatib borish va jamoatchilikni xabardor qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilindi.

✅ 2019 yilda BMT Taraqqiyot dasturining texnik ko‘magi bilan O‘zbekiston Respublikasida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha nsdg.stat.uz veb-sayti ishlab chiqilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan veb-sayt o‘zbek, rus va ingliz tillarida yuritiladi.

🏢 BMT saytida keltirilishicha, Statistika agentligi tomonidan 2018, 2019, 2020 va 2021 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasida Milliy BRMlarga erishish bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar to‘plamlari” o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan va nashr etilgan.

✅ O‘zbekistonda milliy BRM monitoring tizimi uchun 190 ta indikator dolzarb deb tan olingan.

✅ Bugungi kunda Statistika agentligi tomonidan yuritiladigan milliy BRM veb saytidida 128 ta milliy BRM ko‘rsatkichlari, 60 ta ko‘rsatkich esa, “Tracker” BRM boshqaruv panelida joylashtirilgan.

Kiritildi: 12:57 02.02.2023. O'qildi: 1454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!