Iroq Bosh vaziri Muhammad as-Sudani yakshanba kuni Eron prezidenti Masud Pezeshkian bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati davomida, Isroil tomonidan Eron hududiga uyushtirilgan hujumlar oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Iroq Bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.
“Bosh vazir as-Sudani Eron Islom Respublikasiga qarshi qaratilgan tajovuz oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Bu, islomiy davlatlarni birlashtiruvchi birdamlik ruhining ifodasidir”, — deyiladi matbuot xizmati bayonotida.
Shuningdek, as-Sudani Eron tomoniga Iroq hukumati sionistik tuzilma tomonidan mamlakat havo hududining buzilishini oldini olish bo‘yicha har xil yo‘nalishlarda choralar ko‘rayotganini ta’kidladi.