2018 yil 24 iyulda “O‘zbektelekom” AK va Afg‘oniston Islom Respublikasining Afghan Wireless Communication Company (AWCC) telekommunikasiya operatori rahbariyati bilan muzokaralar olib borgan.
Uchrashuvda hamkorlik memorandumi imzolangan va O‘zbekiston/Afg‘oniston xalqaro chegara punktlarida “O‘zbektelekom” AK va AWCC tarmoqlari o‘rtasida yangi xalqaro chegara qo‘shma qurilishi bo‘yicha bitim imzolangan. Ushbu bitim Afg‘onistonga xalqaro internet tarmog‘i xizmatlarini eksport qilish imkoniyatini beradi.
Muzokaralar davomida o‘zaro telekommunikasiya xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq texnik va tijorat masalalari ham muhokama qilingan.
Manba: qalampir.com