Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston Afg‘onistonda 6 million dollarga madrasa quradi

O‘zbekiston Afg‘onistonda 6 million dollarga madrasa quradi

O‘zbekiston Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridagi Xayr al-Mudaris Imom Buxoriy madrasasi qurilishini moliyalashtiradi.

TOLOnews xabariga ko‘ra, 21 avgust kuni qurilishni ishga tushirish marosimida Balx viloyati gubernatori o‘rinbosari Nur al-Xodiy Abu Idris va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi bosh konsuli Farhod Nazarov ishtirok etgan.

Xayr al-Mudaris Imom Buxoriy madrasasi 0,6 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, 1000 nafar talabaga diniy ta’lim beradi. Uning qurilishi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov va «Tolibon» yetakchilari o‘rtasida joriy yilning 12-13 mart kunlari bo‘lib o‘tgan muzokaralari doirasida kelishib olingan edi.

«Bu diniy maktab Balx hokimining iltimosiga binoan qurilmoqda. Biz bu loyihaga bir yil vaqt ajratdik, shu vaqtgacha u tugallanadi», - dedi Nazarov.

Bosh konsul, shuningdek, O‘zbekiston tez orada Afg‘oniston fuqarolari uchun ta’lim va biznes vizalarini berishni qaytadan boshlashini qo‘shimcha qildi.

Mahalliy mutasaddilar ushbu maktabning qurilishini aloqalarni mustahkamlashdagi muhim qadam deb hisoblamoqda.

– Xudo xohlasa, ushbu maktabning tashkil etilishi Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaydi, – deydi Balx viloyati ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Abdul Jalil Shahidxil.

Qayd etilishicha, qurilish qiymati 6 million dollarga baholangan. Bu ma’lumot madrasa qurilishini boshlash marosimidan olingan bannerlar suratida keltirilgan.

Kiritildi: 14:20 23.08.2024. O'qildi: 1447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!