Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonning oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 1,44 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi.
Eksport qilingan oziq-ovqat mahsulotlari turkumlanishi quyidagicha:
- Sabzavotlar va mevalar — 1,1 mlrd AQSh dollari
- Donli ekinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar — 262,2 mln AQSh dollari
- Go‘sht va go‘sht mahsulotlari — 34,7 mln AQSh dollari
- Sut mahsulotlari va qush tuxumlari — 29,6 mln AQSh dollari
- Kofe, choy, kakao, ziravorlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar — 18,2 mln AQSh dollari
- Hayvonlar uchun oziq mahsulotlari — 18,1 mln AQSh dollari
- Shakar, shakardan tayyorlangan mahsulotlar va asal — 11,5 mln AQSh dollari
- Har xil oziq-ovqat mahsulotlari va preparatlar — 7,6 mln AQSh dollari.