Bugun 24 iyun, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston 55 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi

O‘zbekiston 55 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-aprel oylarida qiymati 1 mlrd AQSh dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

✅ Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 11,9 % ini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 % ga oshgan.

✅ Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,3 %), kalava-ip (46,8 %) asosiy ulushni egallagan.

✅ 2024 yilning yanvar-aprel oylarida dunyoning 55 ta davlatiga to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

✅ To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:

Kalava-ip – 473,6 mln

Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 377 mln

Trikotaj mato – 94,6 mln

Gazlamalar – 52 mln

Paypoq mahsulotlari – 14,2 mln

Kiritildi: 12:25 23.05.2024. O'qildi: 954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!