Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Bir necha terrorchi Maxachqal’adagi plyajda ushlandi

Bir necha terrorchi Maxachqal’adagi plyajda ushlandi

Terrorchilardan kamida ikki nafari otishma vaqtida o‘ldirilgan. Dog‘iston IIV Maxachqal’a ko‘chalarida otishmalar davom etayotganini ma’lum qildi. Aholidan uydan chiqmaslik so‘ralgan.

Mahalliy telegram-kanallarga ko‘ra Derbentga Rosgvardiya xodimlari yetib kelgan. Derbentda shaharga kirish va undan chiqish yo‘llari to‘silgan

Mahalliy pabliklar sinagog atrofidagi hududda yana otishma ovozlari eshitilganini xabar qilgan. Derbent ko‘chalarida otishmalar davom etmoqda.

Shot manbasi shaharning markaziy maydoni atrofida avtomatlardan sidirg‘asiga o‘t ochilganini xabar qilgan. «112» nashri aniqlik kiritishicha, Derbentda kuchishlatar tuzilmalar xodimlari terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus amaliyot o‘tkazmoqda.

Xodimlar xizmat itlari bilan terrorchilar kelgan avtomobilni ham izlamoqda.

Mash ma’lumotiga ko‘ra, Maxachqal’aning Kirov rayonidagi pravoslavlar ibodatxonasida garovga olingan. 40 kishi qamalib qolgani aytilmoqda.

Uning atrofidagi ko‘chalarda qurollangan kishilar harakatlanmoqda, otishma ovozlari eshitilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Dog‘istondagi otishmalarda halok bo‘lganlar soni 9 kishiga yetgan, shundan 7 nafari huquq-tartibot organlari xodimlari. 25 kishi jarohatlangan

Derbentda shiddatli otishmalar tinmayapti. Havoda vertolyot harakatlanmoqda.

TASS xabar berishicha, Rosgvardiyaning bir xodimi Maxachqal’ada jangarilar hujumi oqibatida halok bo‘ldi. Maxachqal’aga harbiy texnika ham olib kirilgan. Derbent ko‘chalarida ham harbiy texnikalar harakatlanmoqda. Shturmga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 23:50 23.06.2024. O'qildi: 4667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!