Qozog‘iston o‘tgan yili don eksportini 1,4 mln. tonnaga oshirib, 3,7 mln. tonnaga yetkazdi. Bu haqda Sputnik KZ xabar berdi.
Quyidagi davlatlarga eksport o‘sishi qayd etildi:
O‘zbekiston – 44% (994 ming tonnadan 1,4 mln. tonnagacha),
Tojikiston – 53% (385 ming tonnadan 589 ming tonnagacha),
Afg‘oniston – 52% (120 ming tonnadan 182 ming tonnagacha),
Qirg‘iziston – 22% (59 ming tonnadan 72 ming tonnagacha).
Eronga eksport esa 30,2 baravarga oshib, 14 ming tonnadan 435 ming tonnaga yetgan.