Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar munosabati bilan "Uzbekistan Airways" 2025 yil 16 iyundan 30 iyungacha Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent yo‘nalishidagi barcha reyslarni vaqtincha bekor qildi.
Bekor qilingan reyslar uchun aviabiletlar majburiy ravishda qaytarib olinishi yoki keyingi sanalarga bepul qayta bron qilinishi mumkin.
Yo‘lovchilar aviakompaniyaga murojaat etishlari so‘raladi.