Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

"Uzbekistan Airways" Londonga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda

"Uzbekistan Airways" Londonga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Toshkent-London-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar soni oshirilganini ma’lum qildi.

Hozirda Buyuk Britaniya poytaxtiga qatnovlar haftada 2 marta – seshanba va juma kunlari amalga oshirilayotgan edi. Kompaniya joriy yilning 21 avgustdan ushbu xalqaro yo‘nalishda yakshanba kunlari qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida 3% chegirma bilan, "Uzbekistan Airways Sales" filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

Kiritildi: 09:01 03.08.2022. O'qildi: 1552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!