Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Uzbekistan Airways 29 martdan Samarqanddan Istanbulga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi

Uzbekistan Airways  29 martdan Samarqanddan Istanbulga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi

Uzbekistan Airways 29 martdan boshlab Samarqand shahridan Turkiyaning Istanbul shahriga muntazam reyslar qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Xususan, 13 martdan boshlab Termiz shahriga amalga oshiriluvchi parvozlar soni ko‘paytirildi.

Mazkur yo‘nalishda reyslar haftaning dushanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

28 martdan e’tiboran Samarqand shahridan quyidagi yo‘nalishlarda parvozlar amalga oshirilishi boshlanadi:

HY 049 Samarqand Urganch 11:50/13:05

HY 050 Urganch Samarqand 13:55/15:05

HY 087 Samarqand Farg‘ona 15:55/16:55

HY 088 Farg‘ona Samarqand 17:45/18:50

HY 047 Samarqand Namangan 08:05/09:05

HY 048 Namangan Samarqand 09:55/11:00          

Shuningdek, 28 martdan Urganch – Istanbul – Urganch yo‘nalishida yangi muntazam qatnov yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur yo‘nalishda parvoz haftaning yakshanba kunlari bajariladi.

HY 279 Urganch – Istanbul 09:30/11:50 

HY 280 Istanbul – Urganch 13:20/19:05

29 martdan boshlab esa Samarqand shahridan Turkiyaning Istanbul shahriga muntazam reyslar qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu yo‘nalishda haftasiga uch marotaba dushanba, chorshanba va juma kunlari parvozlar amalga oshiriladi:                                                                               

HY 275 Samarqand – Istanbul 20:05/23:05

HY 276 Istanbul – Samarqand 00:35/06:50                                

30 martdan esa Gruziya bilan muntazam reyslar qayta tiklanadi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi haftada ikki marotaba Toshkent – Tbilisi –Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshiradi:

HY 745 Toshkent – Tbilisi 16:10/18:30 (seshanba kunlari)

HY 746 Tbilisi – Toshkent 19:30/23:30

HY 745 Toshkent – Tbilisi 20:40/23:00 (juma kunlari)

HY 746 Tbilisi – Toshkent 00:30/04:30

Eslatib o‘tilishicha, aviakompaniyaning rasmiy veb-sayti orqali chiptalarni onlayn tarzda sotib olgan yo‘lovchilarga barcha tariflar bo‘yicha 3 foizlik chegirma taqdim etiladi.

Ushbu chegirma aviakompaniyaning barcha yo‘nalishlaridagi reyslariga nisbatan tatbiq etiladi.

Kiritildi: 23:30 13.03.2021. O'qildi: 1888 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!