Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbek-qozoq chegarasida mashinalar to‘planmaydi: Ramatov va Maminov uchrashuvidagi kelishuvlar

O‘zbek-qozoq chegarasida mashinalar to‘planmaydi: Ramatov va Maminov uchrashuvidagi kelishuvlar

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminov va O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Achilbay Ramatov o‘rtasida ikkiyoqlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Qozog‘iston Moliya vazirligi davlat daromadlari qo‘mitasi.

Tomonlar o‘tkazish punktlarini modernizasiya qilish va qayta ta’mirdan chiqarish, shuningdek, o‘zbek-qozoq chegarasida avtomobil transportlari to‘planishi holatini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida ushbu vaziyat regional bo‘linmalar rahbarlarining doimiy nazoratida bo‘lishi va yuzaga kelgan masalalarni tezkor choralar orqali hal etishga kelishib olindi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, o‘zbek-qozoq davlat chegarasi o‘tkazish punktlarida yuk oqimini bir xil taqsimlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bunda har bir tomon mas’ul vazirliklar, xo‘jalik birlashmalari va kompaniyalar bilan birgalikda ushbu masala yechimi ustida ish olib borishlari ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: 12:38 08.12.2018. O'qildi: 1779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!