Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbek kinorejissyorlaridan biri firibgarlikda ayblanib, qamoqqa olindi (video)

O‘zbek kinorejissyorlaridan biri firibgarlikda ayblanib, qamoqqa olindi (video)

O‘zbek kinosida Yaralangan qalb va Taqdir sinovi filmlari bilan tanilgan rejissyor firibgarlikda ayblanmoqda. Bu haqda Zamon dasturida xabar qilindi.

U o‘zini Yoshlar ittifoqida rejissyor va aktyor deb tanishtirib, Samarqand viloyatida kasting e’lon qiladi. Aslida unda O‘zbekkino MA dan ruxsatnoma ham bo‘lmagan. Pastdarg‘om tumanida kinokasting e’lon qilib, filmda suratga tushishni istagan 11 nafar yigitdan pul oladi va o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuboradi.

Bundan tashqari gumondor ikki yigitga bosh rolni va’da qilib, ularning biridan 900 dollar, ikkinchisidan 1200 dollar miqdorida pul oladi. 2018 yil 31 yanvar kuni rejissyor yana 100 dollar olyotganda qo‘lga olinadi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi b bandi bilan ayblov e’lon qilinib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 13:06 07.02.2019. O'qildi: 4953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!