Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbek ayoli dunyoning «100 ayoli» ro‘yxatiga kirdi

A A A
O‘zbek ayoli dunyoning «100 ayoli» ro‘yxatiga kirdi

BBC 2024 yil uchun dunyoning turli burchaklaridan kelgan 100 ta ilhomlantiruvchi va nufuzli ayollar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Nadya Murad, aktrisa Sheron Stoun va o‘zbekistonlik tadbirkor Dilorom Yo‘ldoshevalar bor.

Ikki yil avval Dilorom Yo‘ldosheva baxtsiz hodisa tufayli ikki oyog‘idan ayrilgan edi. Fojiaga qaramay, u umidsizlikka tushmadi va o‘zining tikuvchilik biznesini ochdi. U ishchilar va maktab o‘quvchilari uchun forma tikish bo‘yicha shartnomalar tuzib, o‘zi va boshqa o‘nlab ayollarni daromad bilan ta’minladi.

Bi-bi-sining «100 ayol» loyihasi shuni ko‘rsatadiki, dunyo bo‘ylab ayollar duch kelayotgan qiyinchiliklarga qaramay, ko‘pchilik jamiyatdagi o‘zgarishlar uchun kurashni davom ettirib, ilg‘or rolini o‘z zimmasiga oladi.

Kiritildi: 09:42 03.12.2024. O'qildi: 2487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!