Termiz—Hayraton ko‘prigi orqali fuqarolarni o‘tkazish qayta yo‘lga qo‘yildi. Endi yo‘lovchilar ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va xavfsiz harakatlanishi mumkin. (Viza talabi o‘zgarmagan).
2021 yildan beri amal qilgan cheklovlar tufayli tadbirkorlar Afg‘onistonga borish uchun uzoq aylanma yo‘ldan foydalanishga majbur edi. Endilikda bu muammo bartaraf etildi.
📈 Chegaranning ochilishi eksportchilar uchun katta imkoniyat yaratmoqda. Afg‘onistonga eksport hajmini 2026 yilda 2,5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha imkoniyatlar kengaymoqda.
Tadbirkorlar uchun imtiyozlar:
➖ Hayraton yoki Mazori Sharifda ombor ochganlarga — ombor xarajatlari 100% qoplab beriladi;
➖ mahsulotlarni Afg‘onistonning 34 viloyatida reklama qilish xarajatlari — to‘liq kompensasiya qilinadi.