Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

UzAvto yangi Chevrolet Trackerni savdoga chiqardi

UzAvto yangi Chevrolet Trackerni savdoga chiqardi

UzAvto Motors yangi Chevrolet Trackerni savdoga chiqardi, deb xabar qilmoqda kompaniya rasmiy veb sahifasi. 

Yangi krossover birinchi navbatda o‘zining zamonaviy dizayni, xavfsizligi va tejamkorligi bilan xaridorlarni jalb qilishi kutilmoqda. Shuningdek? uning qulaylik va samaradorlik xususiyatlari ham oshirilgan.

Xususan, yangi Trackerda panorama lyuk, svetodiodli chiroqlar, 8 dyumli ekranli audiotizim, orqa kamera,  va boshqa ko‘plab qulayliklarni topish mumkin. 

Tracker zamonaviy, 123 ot kuchiga ega bo‘lgan 3 silindrli ECOTEC turbomotor bilan jihozlangan bo‘lib, uning yonilg‘i sarfi 100 kmga - 5,5 litrni tashkil qiladi (aralash sikl). 

Avtomobil, shuningdek 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi, kalitsiz ochib/yopish va o‘t oldirish, ekologiyani asrash va yoqilg‘i tejashga mo‘ljallangan "start-stop" tizimlari bilan jihozlangan. 

"Yangi Chevrolet Tracker 2021 yilning 25 yanvar sanasidan boshlab 2ta komplektasiyada savdoga chiqarildi", - deyilgan xabarda. 

Chevrolet Trackerning · boshlang‘ich komplektasiyasi - 145 130 000 so‘mdan boshlanadi. LT komplektasiya - 193 043 478 so‘m*. (*Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan).

Ayni damda kompaniya boshlang‘ich komplektasiya avtomobillari sotuvda yo‘q, lekin xaridorlardan buyurtmalar qabul qilinmoqda. Etarli miqdordagi so‘rovlar jamlanganidan so‘ng, kompaniya ushbu avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berilishini ta’minlaydi, - deyilgan rasmiy xabarda.

Kiritildi: 11:33 25.01.2021. O'qildi: 5419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!