Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

“UzAuto Motors” Tojikistonda o‘z avtomobillarini sotishni boshladi

“UzAuto Motors” Tojikistonda o‘z avtomobillarini sotishni boshladi

“UzAuto Motors” kompaniyasi Tojikistonda “Chevrolet”ning to‘rtta modelini sotishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qo‘shni mamlakatdagi mijozlarga “Spark”, “Cobalt”, “Nexia” va “Lacetti” modellari taklif qilinmoqda.

Ta’kidlanishicha, “Lesinvest” kompaniyaning rasmiy distribyutori sifatida Tojikistonda “Chevrolet” segmentasiyasidagi avtomobillarni sotish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni boshqarib boradi.

Kompaniya avtomobillarni raqobatbardosh narxlarda sotishni ta’minlash maqsadida dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish va Tojikiston banklari bilan hamkorlikda kredit dasturlarini ishga tushirishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “UzAuto Motors” Tojikistonda o‘z avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingan edi. Buning uchun “Auto Motors Tadjikistan” qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolangan edi.

https://telegra.ph/UZAUTO-MOTORS-TOJIKISTONDA-CHEVROLET-BRENDINI-TAQDIM-ETADI-09-03

Kiritildi: 13:47 05.09.2021. O'qildi: 5597 marta. Fikrlar soni: 46 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!