TOSHKENT, 29 dek Sputnik. UzAirways bayram arafasida Toshkent-Urganch-Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reys joriy etdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
2018 yil 30 dekabr kuni samolyot quyida ko‘rsatilgan jadval bo‘yicha parvoz qiladi:
HY-053 Toshkent (14:00) Urganch (15:30)
HY-054 Urganch (16:10) Buxoro (17:05)
Buxora (17:45) Toshkent (18:45)
Yo‘lovchilarni tashish uchun Airbus 320 samolyotidan foydalaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways O‘zbekiston shaharlaridan Moskvaga uchish chipta narxlarini pasaytirgani haqida xabar qilgandik.
Manba: sputniknew-uz. com
