Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘z onasining kushandasi

A A A
O‘z onasining kushandasi

Fojia Omsk shahridagi Zaozerniy ko‘chasida sodir bo‘ldi. 43 yoshli erkak g‘irt mast holda 67 yoshga kirgan pensioner onasining bolalikda koyiganlari, go‘yoki kaltaklaganlarini eslab qoldi-yu, kaltaklashga tushdi. Tanasiga kelib tushgan kuchli zarbalar tufayli yurak oldirib qo‘ygan ona kvartiradan pod’ezdga chiqib qochishga tutindi. Biroq uzoqqa bora olmadi. Murtad o‘g‘il uni zinapoyaning o‘zida tutib oldi va bosh qismiga zarbalar yo‘llashda davom etdi. Ona hushidan ketdi. Erkak esa «Tez yordam» chaqirish o‘rniga behush onasini ko‘p qavatli uyning axlat tashlanadigan trubasiga uloqtirdi. Shundan keyin kvartiraga qaytib kirdi-da, hech narsa bo‘lmagandek uyquga ketdi.

Omsk viloyat tergov qo‘mitasi vakilasi Larisa Boldinovaning aytishicha, behush ayol truba ichiga tashlangach, pastgacha tushmagan. Axlatlar to‘sib qolgan ekan. Oradan qanchadir vaqt o‘tib behush holda axlat tashlanadigan truba ichida yotgan bu ayolni qo‘shnilar ko‘rib qolgan-u, «Tez yordam»ga qo‘ng‘iroq qilgan. Baxtga qarshi vrachlar bu ayolning hayotini saqlab qola olishmadi. U kasalxonada vafot etdi.

Polisiya xodimlari shu kuniyoq marhumaning qotil o‘g‘lini qo‘lga olishdi. U aybini bo‘yniga oldi. Emishki, mastlikda onasining koyiganlari yodiga tushib g‘azabi kelibdi va shu sababli onasini jazolashga ahd qilibdi.

Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari boshlangan.

life. ru

Kiritildi: 12:47 30.05.2018. O'qildi: 1470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik