Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Uyda yolg‘iz qolib ketgan 1,5 yoshli qiz qutqarildi

A A A
Uyda yolg‘iz qolib ketgan 1,5 yoshli qiz qutqarildi

Bugun, 11 mart kuni soat 10:37 da Farg‘ona shahar Al-Farg‘oniy ko‘chasidagi xonadonlardan birida yashovchi fuqaro tomonidan bir yarim yoshli qiz farzandi uyda yolg‘iz quluflanib qolganligi haqida “1050” qisqa raqami orqali murojaat qilib, yordam so‘ragan.

Murojaat yuzasidan Farg‘ona FVB Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi xodimlari aytilgan manzilga zudlik bilan soat 10:42 da yetib borib, maxsus moslamalar yordamida temir eshikni ochdilar. Farzand o‘z onasiga sog‘-salomat topshirilib, yana bir ko‘ngilsiz holatning oldi olindi.

Kiritildi: 12:25 11.03.2023. O'qildi: 1903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!