Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Uxan sirlari» ochiladimi?

«Uxan sirlari» ochiladimi?

 

 

Xitoyning Uxan shahrida ikki hafta ishlab qaytgan JSST ekspertlari to‘liq hisoboti 15 martdan keyin e’lon qilinadi. Bu haqda tashkilot rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus ma’lum qildi.

Hujjatlar tashkilotga a’zo-mamlakatlarga taqdim etiladi, deya aniqlik kiritdi Gebreyesus.

Eslatib o‘tamiz, JSST shafe’ligi ostidagi bir guruh xalqaro olimlar 14 yanvar kuni Uxan shahriga yetib borishgan va ikki hafta davomida tadqiqotlar o‘tkazishgan.

JSST Uxanga yuborgan olimlar daniyalik Piter Ben Embarek boshchiligida ishlashgan. Xitoy tashkilot missiyasini COVID-19 tarqalganidan so‘ng bir yil o‘tib kiritishga rozilik bergandi.

Missiyadan keyingi dastlabki berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusning kelib chiqishi hayvon omiliga borib taqaladi, virus laboratoriyada yaratilgan degan taxminlar esa «kelgusida o‘rganishga arzimaydi», deb yozmoqda «The New York Times». JSST ekspertlari Xitoy hukumatidan COVID-19ning eng erta yuqtirilishi holatlari bo‘yicha ma’lumotlarni olisha olmagan. Xitoy bu boradagi ma’lumotni berishdan bosh tortgan, deb yozadi «The Wall Street Journal».

Shuning uchun ham ayrim ekspertlarning missiyadan ko‘ngli to‘lmagan, yangisini yuborish kerak, degan talabni ilgari surishmoqda.

 

Kiritildi: 09:51 07.03.2021. O'qildi: 5251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!