AQSh razvedka idoralari Uxandagi Xitoy laboratoriyasidan yangi koronavirus dunyo bo‘ylab tarqalishi mumkinligi haqidagi taxminni tekshirmoqda. Amerika telekanallariga ko‘ra, tahlilchilar tasodif versiyasiga moyil va virus sun’iy ravishda yoki maxsus tarqatilganligiga shubha qilishadi. Biroq, Prezident Tramp, Xitoy infeksiya haqidagi barcha ma’lumotlarni oshkor qilmaganini aytdi.
Bu hafta tergov uchun turtki bo‘ldi “Vashington Post” nashri. Maqolada aytilishicha, ikki yil oldin amerikalik diplomatlar Uxan laboratoriyasining xavfsizligidan shubha bildirishgan, nashrga ko‘ra, ular aynan koronaviruslar guruhini o‘rganishayotgan edi.
AQSh ittifoqchilari bunday bayonotlardan ehtiyot bo‘lishadi, ammo Xitoy ularning ham savollariga javob berishiga to‘g‘ri keladi.
Dominik Raab, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri:
"O‘ylaymanki, juda chuqur tahlil, saboqlar chiqarish, shuningdek, avj olishning boshlang‘ich sabablarini o‘rganish kerak. Biz uchun boshqa yo‘l yo‘q. Ilm-fan bu faoliyatni boshqarishi kerak. Men ilgari ham ayganimdek, yuqumli kasallik qanday boshlanganini va qanday qilib uni oldini olish haqida kelajakda biz dunyodagi sheriklar bilan, shu jumladan, JSST va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda bo‘lamiz".
Shu kabi savollarni ko‘plab Yevropa davlatlari rahbarlari beradilar; masalan, Fransiya prezidenti "Faynenshnl tayms" gazetasiga o‘z shubhalarini bildirdi.
Xitoy esa laboratoriyadan virus chiqishining hatto tasodifiy bo‘lishi mumkinligini ham inkor etmoqda. G‘arb jurnalistlarining ma’lumotlarini tuhmat deb atayapti.
Chjao Liszyan, Tashqi ishlar vazirligi vakili:
"Yangi koronavirusning kelib chiqishi va tarqalish yo‘llari bo‘yicha Xitoyning pozisiyasi aniq: biz bu faqat ilmiy masala olimlar va tajribali shifokorlarning professional yondashuvini talab qilamiz. JSST rahbari virusning laboratoriya kelib chiqishi dalillari yo‘qligini bir necha bor ta’kidladi".
Bundan tashqari, Xitoyning Rossiyadagi elchisining so‘zlariga ko‘ra, yangi koronavirus Uxanda kelib chiqmagan, u yerga boshqa joydan kelgan.
Shu asosda, Uxanning o‘zida statistika yangilanmoqda, epidemiyaning dastlabki kunlarida, yangi holatlar ko‘payganligi sababli aniq ro‘yxatga olish qiyin bo‘lgan. Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda 50300 dan ortiq odam virus yuqtirgan va o‘lim soni 3860 dan oshgan.
Manba: azon.uz