Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘tgan 6 oyda O‘zbekistonda 730 nafar odam YTH qurboni bo‘ldi

O‘tgan 6 oyda O‘zbekistonda 730 nafar odam YTH qurboni bo‘ldi

Kecha, 7 avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda kun tartibi doirasida Ichki ishlar vazirining O‘zbekiston Respublikasi hududida 2020 yil 6 oyi yakuni bo‘yicha jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Ma’lum qilinishicha, Respublika bo‘yicha umumiy yo‘l-transport hodisalari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygan (2 564/2 388) bo‘lsa-da, yo‘llarda harakatlanish uchun xavfsiz sharoit yetarli darajada tashkil qilinmaganligi oqibatida 730 nafar shaxs vafot etgan. 2 297 nafari esa turli darajada tan jarohati olgan.

Shu bilan birga, deyarli har ikkinchi (2 388 tadan 1 017 tasi) yo‘l-transport hodisalari belgilangan harakatlanish tezligini oshirish oqibatida sodir etilganligi joylarda foto-video qayd etish moslamalaridan foydalanish ishlarini yanada jadallashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 08:31 08.08.2020. O'qildi: 1953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!