Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘ta xavfli resedivist “Damas” avtomashinasini olib qochdi

O‘ta xavfli resedivist “Damas” avtomashinasini olib qochdi

Andijon. 2020 yilning 19 mart kuni soat 12:30 da muqaddam sudlangan va sud tomonidan o‘ta xavfli residivist deb topilgan 41 yoshli D.X., Shahrixon tuman Qumtepa M.F.Y. sida joylashgan sut maxsulotlari ishlab chiqarish sexi oldida fuqaro 29 yoshli I.S., tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashina saloniga yukxona eshigini ochish orqali kirib, avtomashinani yashirin ravishda olib qochgan. Ushbu avtomashinada “Shahrixon-Quva” transport qatnov yo‘lining Shahrixon tumani Do‘stlik MFYda harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashina egasi va uning tanishi tomonidan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro D.X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “a,g” bandlari (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Damas” rusumli avtomashina egasi I.S., dan tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan va ko‘zdan kechirilgan. D.X., esa gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 16:34 23.03.2020. O'qildi: 2804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!