O‘zbekiston Konstitusiyasi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ochilish marosimida O‘sh shahri vise-meri Nurbek Kadirov, Qirg‘iziston prezidentining O‘sh viloyatidagi muxtor vakili Elchibek Jantayev, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Xurshid Mirzohidovlar ishtirok etdi.
«Konsullik O‘zbekiston bilan iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakatdagi o‘zbekistonlik fuqarolarga har tomonlama yordam ko‘rsatish uchun ochiq», — deyiladi xabarda.