Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ushbu ish haftasi momaqaldiroq va yomg‘irlar bilan o‘tsada, yuqori harorat saqlanib qoladi

Ushbu ish haftasi momaqaldiroq va yomg‘irlar bilan o‘tsada, yuqori harorat saqlanib qoladi

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yoz faslining o‘rtasi uchun 32-35 daraja, janubda va cho‘l hududlarda 38-40 darajagacha bo‘lgan qulay harorat kuzatiladi.

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ertaga havo harorati ko‘tarila boshlaydi va ish haftasining oxirigacha

35-39 daraja atrofida, janubda 42 darajagacha bo‘ladi. Ushbu davrda yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘li hududlarida 8-12 iyul kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

8-9 iyulda Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtimizda: bugun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamol 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35 daraja atrofida bo‘ladi.

9-12 iyul kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 35-38 daraja bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi.

Kiritildi: 12:57 08.07.2024. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!